O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi yerosti gaz inshootini tiklashni boshladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi boshchiligidagi 15 kishidan iborat ishchi guruh Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootini qayta tiklash loyihasi bo‘yicha Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi. Bu haqda “O‘ztransgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruh bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirishni muhokama qilgan. Hududdagi gaz quduqlari holati ko‘zdan kechirilib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil fevral oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat Energetika vazirliklari Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootidan birgalikda foydalanish uchun qayta tiklash loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “yo‘l xaritasi” imzolangandi. Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash loyihasi ham shu rejadan o‘rin olgan.  

“Davlat vakillari “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi. Qirg‘iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olindi”, deyiladi ”O‘ztransgaz” xabarida.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston O'ztransgaz Shimoliy So'x erosti gaz saqlash inshooti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing