Prezident “O‘ztransgaz”, “O‘zmetkombinat” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlarini qattiq ogohlantirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya rejasi kam bajarilgani uchun “O‘ztransgaz”, "O‘zmetkombinat" va “O‘zsuvta’minot”ni qattiq ogohlantirdi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yetarli sharoit bo‘la turib, investitsiya rejasi to‘qimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya “O‘ztransgaz” va "O‘zmetkombinat"da 2 barobar, “O‘zsuvta’minot”da 20 foizga pasaygani ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda o‘zgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirilgan.

Shuningdek, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilingan.

Umuman, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Sport, Oliy ta’lim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Salohiyati yuqori bo‘lgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan o‘tgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'ztransgaz O'zmetkombinat O'zsuvta'minot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing