“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” jarimaga tortildi

3-sahifa

image

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ ga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ faoliyati “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga asosan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganishlarda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali tomonidan temir yo‘l vokzali stansiyalari bo‘ylab 2023 yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin, “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ  Farg‘ona filiali tomonidan temir yo‘l vokzali (stansiyalari) bo‘ylab 2024 yilning 1 yanvaridan 24 iyul kunigacha 185 806 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 560 mln so‘mga yaqin, umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchilardan 1.3 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga asosan, o‘rganish natijasida Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJga shaharlararo va shahar atrofida yo‘lovchi tashish bo‘yicha Farg‘ona filiali tomonidan ortiqcha undirilgan to‘lovlarni iste’molchilarga qaytarishi yuzasidan ko‘rsatma berilib, moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'ztemiryo'lyo'lovchi jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made