Sirdaryoda 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
3-sahifa
−
19 avgust
2383Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.
O‘rganishlar natijasida joriy yilning 14 iyun sanasida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
“Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 439 ta raqobatga zid harakatlar sodir etilganligi aniqlangandi.
LiveBarchasi