Uzoq sukutdan so‘ng deputat Nodira Qodirovaning vafoti haqida gapirdi
Olam
−
11 Oktabr 2019
16231Turkiyaning Anqara shahrida vafot etgan va o‘z joniga qasd qilgani aytilayotgan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova fojiasida asosiy figura sifatida ko‘rilayotgan deputat Shirin Unal va nihoyat bo‘lib o‘tgan voqealar haqida gapirdi.
Parlament majlisida “Xalqlar demokratik partiyasi” deputati “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati Shirin Unalning uyida sodir bo‘lgan voqeani o‘rtaga tashladi. Shirin Unal mazkur masala yuzasidan ilk bor axborot berdi.
“Ikki hafta avval bizning uyimizda noxush hodisa ro‘y berdi. Bu qiz shu yilning yanvar oyidan buyon 20 yil davomida skleroz bilan xastalangan rafiqamga g‘amxo‘rlik qilgan ikki yordamchidan biri edi. So‘nggi ikki-uch oy davomida uning ruhiy muammolarini payqadik va ikkinchi xodimni ishga oldik. Uni ishdan yo‘qotishga urindi, ammo bu o‘ziga nasib etdi.
Voqea yuz berganidan 5 daqiqa o‘tib, politsiya, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmati yetib keldi.Ular kelguncha, kichik qizim bilan u o‘z joniga qasd qilgan xonaning eshigini sindirishga harakat qildik. Biroq buni bajara olmadik, yelkam hali ham og‘riyapti.
3-4 politsiyachi xona eshigini ochdilar. Ular uchta yoki to‘rtta politsiyachi bilan eshikni ochib, marhumani shifoxonaga olib ketishdi. Yarim soatdan keyin Anqara Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va prokuror yetib keldi. Men ularning ikkisiga ham bu ishda qo‘limdan kelgancha yordam berishimni aytdim.
Shu sababli, butun oilamiz, to‘shakka mixlangan rafiqam, ikkinchi xizmatchi qiz yarim tunga qadar politsiyaning so‘roqlariga javob berdik. Prokurorga 15 daqiqa davomida bo‘lib o‘tgan voqealarni sizga aytib berayotganimdek batafsil gapirib berdim. Keyin, prokuror shifoxonadagi ishlarni nazorat qilish uchun shiofoxonaga ketdi. Undan keyingi barcha ish politsiya va prokuraturaning nazorati ostida bo‘ldi.
Men deputatlik daxlsizligimni chetga surib qo‘yib, shuni kuni barmoq izlarini olish jarayonida ham qatnashdim. Shu kuni buni SWAP deb atashlarini o‘rgandim.
Albatta, ilgari Turk Qurolli Kuchlari va Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi faoliyatimdan norozi bo‘lgan ba’zi doiralar bundan foydalanib qolib, men va oilamni yer tagiga tiqishga harakat qilishmoqda. Alloh hech biringizning boshingizga bu kunni solmasin. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Men gardanimdagi barcha vazifani bajaraman”, deydi Shirin Unal.
LiveBarchasi