“O‘zbekneftgaz” “zapravka”lari Abdulaziz Komilovning o‘g‘liga sotildi
Jamiyat
−
01 mart
22601“O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlarini nazorat qiluvchi “UNG Petro”ning 100 foizlik ulushi Doniyor Komilovga tegishli kompaniyaga o‘tdi. Bu haqda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestrida ma’lumot berilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023 yil may oyida "UNG Petro" MCHJ xususiylashtirilishini ma’lum qilgan edi. Lekin na agentlik, na “O‘zbekneftgaz” mazkur MCHJning qachon va qancha qiymatda sotilgani haqida xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Doniyor Komilov Rossiya fuqarosi hisoblanadi. U Rossiyadagi bir nechta yirik kompaniyalarda ulushlarga ega, shuningdek, o‘tgan yili Ural kon-metallurgiya kompaniyasining ham benefitsiar egasiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, Doniyor Komilov ta’sischiligidagi kompaniya poytaxt markazidagi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan edi. O‘shanda ushbu ma’muriy bino Moddiy-madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatida edi. Tanlov yoki tender o‘tkazilgani haqida rasmiylar ma’lumot bermaganiga qaraganda, bu safar ham Komilov O‘zbekistondagi eng yirik AYOQSHlar tarmog‘iga shubhali ravishda ega bo‘lgan ko‘rinadi.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi