“O‘zbekneftgaz” “zapravkalar”ining sotilishi o‘rganilmoqda – Raqobat qo‘mitasi
Jamiyat
−
20 mart
9927Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi "O‘zbekneftgaz"ga tegishli 78 ta AYOQSH xususiylashtirilishiga oid ishni o‘rganmoqda. Bu haqda bugun, 20 mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev ma’lum qildi.
Qoraboyevning aytishicha, "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablaridan kelib chiqib, bozor konsentratsiyasini nazorat qilish nuqtayi nazaridan, oldindan rozilik qilish masalasi bor.
"Ayrim holatlarda, istisno tariqasida, bu mexanizm qo‘llanmaydi. Biz ham hozir bu holatni o‘rganyapmiz. Agar bu holatda investor tomonidan tegishli qonunchilik hujjatlariga ta’sir aniqlansa, tegishli tartibda ish ko‘ramiz”, deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli Petroleum Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylangani haqida xabar berilgandi.
Bunga qadar kompaniya davlat nazorati ostidagi “O‘zbekneftgaz”ga tegishli bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Doniyor Komilov rossiyalik milliarder, yirik korxonalar egasi hisoblanadi. Unga tegishli kompaniyalar O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini, "Chinoz neftni qayta ishlash zavodi", shuningdek, "Qo‘qon biokimyo" AJlarni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi