Iste’molçilarga asossiz yeçilgan mablağlar va suğurta tovoni qaytarildi

O‘zbekiston

−

visibility1633 timer2 daqiqa

image

Raqobat qömitasi aralaşuvi bilan bir qator hududlarda iste’molçilarning huquqlari tiklanib, asossiz yeçib olingan mablağlar qaytarildi. Şuningdek, suğurta kompaniyasi tomonidan tölanmay kelgan 15 mln sömlik tovon puli undirilişi ta’minlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hududiy boşqarmalarga “Işonç telefoni”, koll-markaz va bevosita murojaatlar orqali kelib tuşgan şikoyatlar örganilgan. Natijada ta’lim, yoqilği, muddatli tölov, konsalting, suğurta va pul ötkazmalari sohalarida iste’molçilarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida fuqaro Nukus şahridagi “Arus” tikuvçilik kursi uçun tölagan 2,6 mln sömning 1,5 mln sömini qaytarib olgan. Bunga maşğulotlar bir neça bor özgartirilib, keyinçalik töxtatilgani sabab bölgan.

Andijon viloyatida esa fuqaro onlayn ilova orqali AI-92 benzini uçun tölagan 200 ming sömning 158 ming sömini yoqilği qolmagani sababli ololmagan. Qömita aralaşuvidan söng uşbu mablağ uning bank kartasiga qaytarilgan.

Jizzax viloyatida fuqaroning foydalanilmagan ta’lim kursi böyiça 6 mln sömlik şartnomasi bekor qilingan. Navoiy viloyatida esa ikki fuqaroning bank kartalaridan asossiz yeçib olingan 930 ming va 266 ming söm töliq qaytarilgan.

Samarqand viloyatida Germaniyaga sayohat qiliş maqsadida konsalting xizmati uçun tölangan, biroq xizmat körsatilmagan 6 mln söm fuqaroga qaytarilgan. Sirdaryo viloyatida muddatli tölov asosida xarid qilingan smartfon uçun qarz töliq tölanganiga qaramay, kartasidan yeçib olingan 800 ming sömga yaqin mablağ ham qaytarilgan.

Toşkent viloyatida yöl-transport hodisasidan keyin suğurta tovonini ololmagan fuqaroga “Kapital sug‘urta” kompaniyasi tomonidan 15 mln söm tölab berilişi ta’minlangan. Toşkent şahrida esa “Alif mobile” ilovasi orqali ötkazilgan, belgilangan hisobga tuşmagan va qaytarilmagan 1,7 mln sömga yaqin mablağ fuqaroga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing