Bloger va vaynerlarga “Reklama töğrisida”gi qonun talablari tuşuntirildi
O‘zbekiston
−
16:30 384 2 daqiqa
Raqobat qömitasi joriy yil boşidan buyon bloger, vayner va inflyuyenserlar uçun reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga bağişlangan 20 dan ortiq uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uçraşuvlar qömita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi tomonidan reklama sohasidagi qonunbuzilişlarning oldini oliş maqsadida taşkil etilgan.
Profilaktik tadbirlarda ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega bölgan bloger va kontent yaratuvçilar, jumladan, B. Mansurov, A. Hasanov, A. Fozilov va Ş. Narziyev iştirok etgan. Ularga “Reklama töğrisida”gi qonun talablari tuşuntirilgan.

Xususan, muayyan mahsulot yoki xizmatni reklama qilişda uning xususiyatlari, sifati va imkoniyatlari haqida matn, foto, video hamda jonli efirlar orqali ma’lumot beriş tartiblari muhokama qilingan.

Muloqotlarda onlayn savdo, sayohat, ta’lim, tibbiyot, umumiy ovqatlaniş, sport va köngiloçar tadbirlar yönalişlarida reklama kontenti yaratayotgan D. Ismailova, F. Nazarova, K. Murodova, Ş. Xolmirzayeva, G. Abdullayeva va Z. Karimova ham iştirok etgan.

Uçraşuvlar davomida köngiloçar va yumoristik kontentdagi reklama, şaxsiy tavsiyalar hamda tijoriy maqsadlarda joylaştiriladigan materiallarga oid huquqiy talablar muhokama qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Lolita, Ani Lorak, Rayhon Ğaniyeva, “Ummon” guruhi va boşqa san’atkorlarning konsert reklamalari qonunçilik talablariga zid ekani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi