DXXning sobiq binosi sotildi
Jamiyat
−
17 iyun 2021
16866Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi xususiylashtirildi. Inshoot 210 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi. Binoni “METROPOL GROUP” MCHJ sotib olgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shuningdek, uyidagi mulklar xususiylashtirilganini ma’lum qildi:
- Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo‘yicha 78,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MCHJ;
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi manzilida joylashgan “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi bo‘yicha 74,2 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi;
Ta’kidlanishicha, endilikda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo g‘oliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlaydi.
LiveBarchasi