“O‘zbekkonsert”ga yangi direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at ahli bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muxokama kilindi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Shuningdek, ayni paytda Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Yo‘ldoshevich Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Anvarjon Tojiboyev faoliyati davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktor yordamchisi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi masul vazifalarda samarali mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha tashkilotga Alisher Xudayberdiyevich Jamoliddinov rahbarlik qilayotgandi. U joriy yilning 10 iyun kuni “O‘zbekkonsert”ning vaqtincha direktori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing