Ortiq Sultonov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
21 fevral
92550Qiziqchi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Ortiq Sultonov "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi Samarqand viloyat bo‘limiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ushbu tayinlovga qadar Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Ortiq Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Shuningdek, u viloyat teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar”, “O‘zbekiston” telekanallarida rejissyor bo‘lgan.