O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida referendum o‘tkazuvchi uchastkalar tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tashkil etiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi keng muhokama qilingan va tasdiqlangan.

Ikkinchi yarim yillikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada tashkil etish Markaziy saylov komissiyasining ustuvor vazifasi ekanligi belgilandi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohatlar munosabati bilan respublikada o‘tkaziladigan referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga doir masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Referendum jarayonlarida kuzatuvchilar faoliyatini tartibga solish, ularning huquqlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi hamda Siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolarning tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomlar qabul qilingan.

Shuningdek, avvalgi saylovlarda xorijdagi fuqarolarning faol ishtirokini hisobga olgan holda, ularning referendumda ovoz berishda qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunchilik palatasida shuningdek, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Bundan tashqari, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra, tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Biroq iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda yuz bergan namoyishlar sabab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi tugash muddati – 5 iyuldan 15 iyulgacha uzaytirilildi.


Maqola muallifi

Teglar

referendum

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing