Shveysariyada aholi soni 10 mln kishi bilan cheklanishi mumkin
Olam
−
14 iyun 4330 2 daqiqa
Bugun, 14 iyun kuni Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda. Mamlakat fuqarolari bir vaqtning o‘zida ikkita muhim masalani – umumiy fuqarolik xizmati islohoti va aholi sonini cheklash masalasini hal qilmoqda. Eng ko‘p muhokama qilinayotgan bandlardan biri – 2050 yildan keyin aholi sonining yuqori chegarasini 10 million kishi etib belgilash tashabbusi. Bu haqda Shveysariya hukumatining rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbus uy-joy tanqisligi va infratuzilmaga tushayotgan yuklamaning ortib borishi fonida yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda Shveysariyada 9 milliondan ortiq kishi istiqomat qilmoqda va aholi oqimining amaldagi sur’ati saqlanib qolsa, taklif etilayotgan limit 2050 yildan ancha oldin buzib o‘tiladi.
Shveysariyaning oliy ijroiya hokimiyat organi hisoblangan Federal kengash ushbu tashabbusga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda. Aprel oyida hukumat xorijliklar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olinishining yanada qat’iy qoidalari loyihasini taqdim etgan va ushbu tashabbusni bo‘lajak referendum bilan bog‘lagan.
Ishbilarmon doiralar esa ovoz berishning ijobiy natijasi Shveysariyaning ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Hozirgi kunda aholining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini chet el fuqarolari tashkil etadi, ularning 82 foizdan ortig‘i Italiya, Germaniya, Portugaliya va Fransiyadan borganlar.
Aholi sonining o‘sishi uy-joyga bo‘lgan talabning oshishiga va narxlarning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. “Wüest Partner” konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sug shahridagi uy-joylar endi Jenevadagidan qimmatroq. Jenevadagi elita ko‘chmas mulklar esa, “Knight Frank” kompaniyasining 2026 yilgi hisobotiga ko‘ra, Singapur, London, Nyu-York, Tokio va Parijdagidan ham yuqori baholangan.
Live
Barchasi