Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish loyihasi parlamentda birinchi o‘qishda ma’qullandi
Jamiyat
−
24 iyun 2022
7882“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 24 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Quyi palataning navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov majlisda so‘zga chiqib, hozirgacha fuqarolardan 60 mingdan ziyod takliflar tushganini ma’lum qildi. U Konstitutsiya qabul qilinayotganda bir necha oylarda 6 ming taklif bildirilganini eslab, o‘sish 10 baravar ekanini ta’kidladi.
Qonunchilik palatasida shuningdek, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasi uchun “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida e’lon qilinishi belgilangan.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra, tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.
LiveBarchasi