O‘zbekistonliklar o‘qish uchun asosan qaysi davlatga ketmoqda?
Jamiyat
−
08 noyabr
102742024 yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida ko‘proq Tojikistonga borayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Tojikiston — 11 409 nafar
- Rossiya — 7 301 nafar
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar
- Turkiya — 2 195 nafar
- Janubiy Koreya — 1 839 nafar
- Qozog‘iston — 1 372 nafar
- Buyuk Britaniya — 693 nafar
- Xitoy — 672 nafar
- AQSH — 486 nafar
- BAA — 295 nafar
- Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga ko‘proq qaysi davlatlardan o‘qish uchun kelishayotgani ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yili boshidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 10 ming 845 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda.
LiveBarchasi