O‘zbekistonlik Rossiyada umrbodga qamalishi mumkin

Olam

image

Rossiyaning Astraxan viloyatida 3 mingga yaqin bir martalik mefedronni (psixotrop) yashirin yo‘llar orqali sotmoqchi bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, erkak hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Astraxan viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Rossiya IIV viloyat boshqarmasi giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotni qayta ishlash vaqtida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Undan 3 ming bir martalik mefedron dozasi bo‘lgan 1 mingga yaqin polimer paketlar olib qo‘yilgan. 

Qo‘lga olingan shaxs internet-do‘konda ishlagani va o‘ziga noma’lum shaxsdan olingan ko‘rsatma asosida yaqinda giyohvand moddalarni sotish uchun Astraxan viloyatiga kelganini aytgan. 

“Ushbu shaxsga nisbatan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga urinish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, sud uni hibsga oldi. Gumonlanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-20 noyabr kunlari S.M.Kirov nomidagi shahar klinik shifoxonasiga 19 nafar bemor giyohvandlik va psixotrop preparatlardan zaharlanish belgilari bilan yotqizilgani ma’lum qilingandi. Ulardan uch nafari qurbon bo‘ldi. Zaharlanishga metadon (sintetik dori vositasi) sabab bo‘lgani aytildi.

Astraxanliklarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan dori vositalarini sotishda gumon qilinib, avvalroq uch kishi – Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olingan edi. Astraxan sudi uch ayblanuvchining har birini ikki oy muddatga hibsda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, noyabr oyi o‘rtalarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqib, ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar ba’zi hollarda narkotik moddalar savdosiga aloqador bo‘lib chiqayotganini bildirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made