Qarshida psixotrop dori sotayotgan feldsher qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
14:12 804 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tez tibbiy yordam stansiyasi brigada feldsheri psixotrop dorilarni sotayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Qarshi shahri, “Qorliqbog‘ot” mahallasi hududida joylashgan savdo majmuasi yonida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kasbi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi brigada feldsheri vazifasida ishlovchi shaxs fuqaroga uch turdagi jami 200 dona dori vositalarini 15 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, olingan 300 mg dozadagi 60 dona tabletka tarkibida 18 gramm inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi modda mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro xaridorga besh dona hamda uch quti inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini jami 295 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, undan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan bahosi 388 million 352 ming so‘mlik jami 1156 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 3 ta hududida narkosavdogarlar 12,7 kg narkotik bilan qo‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi