Toshkentda psixotrop dorilarni $4000 ga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi. 

Qayd etilishicha, departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, muqaddam sudlangan fuqaro boshqa bir shaxsga 90 dona tropikamid va 448 dona regapen nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shuningdek, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining tezkor-qidiruv departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar oldindan til biriktirib, bir guruhga birlashib, 3 million so‘m miqdoridagi 35 dona regapen nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalaridan boshqa bir fuqaroga 20 donasini sotgan vaqtida ushlangan. Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari esa, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. 

Bildirilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tashkil etilgan narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yilib, 6000 ta bir martalik dozaga teng bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tarqalishining oldi olingan edi.
 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bosh prokuratura Davlat xavfsizlik xizmati psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing