O‘zbekistonlik migrantlar Moskvada maoshsiz ishlayotgani aniqlandi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya poytaxti Moskvada ishlayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolariga ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi buni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, “FLAN-M” qurilish kompaniyasi tomonidan 50 nafarga yaqin ishchilarning ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmayotgani, ularning 20 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu fuqarolar pudratchi tashkilotlar orqali jalb qilingani sababli “FLAN-M” qurilish kompaniyasi  va ishchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari mavjud emas.

Holat yuzasidan qurilish kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan va natijada joriy yilning 18 martiga qadar barcha fuqarolarning ish haqi to‘liq berilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mehnat vazirligi mamlakatga uyushgan yollash yo‘li bilan borgan mehnat muhojirlari o‘z profili bo‘yicha ishlamasa, Rossiyani tark etishga majburlanishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasini tayyorlagani haqida xabar berilgandi. 


Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing