Sankt-Peterburgda migrantlarga qarshi keng ko‘lamli reyd boshlandi (video)
Olam
−
12:40 691 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Senoy bozorida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish bo‘yicha keng ko‘lamli reyd boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, reyd doirasida bir necha yuz nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari Senoy bozori yaqinidagi, Moskva prospektida joylashgan hududni qurshab olgan. Bu yerda ming nafargacha kishi yig‘iladigan ibodatxona ham mavjud.
Tekshiruvda harbiy komissariat vakillari ham qatnashmoqda. Ular yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan shaxslarning harbiy hisobga qo‘yilgan-qo‘yilmaganini tekshirmoqda. Hozirgacha o‘nlab kishiga harbiy hisobga turish uchun harbiy komissariatga kelish haqida chaqiruv qog‘ozlari berilgan.
Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari ibodatxonaning diniy marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligini ham tekshirmoqda. Bozor atrofidagi ko‘plab xostellar va etnik kafelarda ham tekshiruvlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshidan buyon Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan qariyb 6,5 ming nafar xorijiy fuqaro majburan chiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr