Rossiya migrantlarni çiqarib yuboriş qoidalarini keskin kuçaytirdi
Olam
−
12:44 568 2 daqiqa
Rossiyada joriy yilning 3 noyabridan boşlab çet el fuqarolarini mamlakatdan ma’muriy tartibda çiqarib yuborişga asos böladigan huquqbuzarliklar röyxati kengaytirildi. Endilikda, bunday huquqbuzarliklar soni 22 tadan 45 taga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yangi asoslar qatoriga mayda bezorilik, ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartibini buziş, politsiya xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaslik hamda Rossiya Qurolli kuçlarini obrösizlantiriş kabi holatlar kiritilgan.
Şuningdek, Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etişga va mamlakat hududiy yaxlitligini buzişga çaqiriş, favqulodda vaziyat, terrorçilikka qarşi operatsiya yoki harbiy holat rejimini buziş ham mamlakatdan çiqarib yuborişga sabab bölişi mumkin.
Bundan taşqari, millatçilik va ekstremistik ramzlarni tarğib qiliş, ekstremistik materiallarni tarqatiş hamda kamsitiş holatlari ham yangi röyxatdan örin olgan.
Qonunga kiritilgan özgartişlar Rossiyaga kiriş va mamlakatda böliş qoidalarini buziş, şuningdek, noqonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun belgilangan ma’muriy jarimalarni oşirişni ham nazarda tutadi.
Naşrning yozişiça, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida Rossiyadan 63,5 ming nafar çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxs majburiy tartibda çiqarib yuborilgan. Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 1,5 barobar köp.
Şuningdek, joriy yilning sakkiz oyida Rossiya Içki işlar vazirligi 260 mingdan ortiq çet el fuqarosining mamlakatga kirişini taqiqlagan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 75,8 foizga oşgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning boşidan buyon Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridan qariyb 6,5 ming nafar xorijiy fuqaro majburan çiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi