O‘zbekistonlik migrant chet elda jinoyatga qo‘l ursa...

Intervyu

O‘zbekistonlik migrantlarga qaysi davlatda talab yuqori? north_east

O‘zbekistonlik migrantlarga qaysi davlatda talab yuqori?

Gruz-200: Xorijda vafot etgan 840 o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi north_east

Gruz-200: Xorijda vafot etgan 840 o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi

Xorijda qolayotgan o‘zbekistonliklar chet mamlakatda huquqbuzurlik sodir etsa yoki jabrlansa, uning daxlsizligi ta’minlanadimi? Umuman olganda, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini qanday himoya qiladi? Bugun mamlakat tashqarisida jinoyatchilikda ayblanayotganlar qancha? Bu haqdagi savollar QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaning Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burxon Aliqulov bilan o‘tkazgan suhbatida o‘rtaga tashlandi. 

Aliqulovga ko‘ra, O‘zbekistonning chet mamlakatlarda fuqarolarning huquqbuzarliklari bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorligi 1963 yilda qabul qilingan Vena konvensiyasi doirasida amalga oshiriladi. 

“Shu hujjatda chet el fuqaro mamlakat hududida qo‘lga olinsa, bu haqda o‘sha mamlakatning elchixonasini xabardor etish belgilab qo‘yilgan. Bu tartib amaliyotda bor. Boshqa davlatlarda fuqarolarimizning huquqbuzarligi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Qaysidir fuqaromiz chet el hududida ma’muriy yoki jinoiy huquqbuzarlik sodir etsa, bizga xabar beriladi. 

Faqat bu yerda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan muhim narsa borki, bu ham bo‘lsa o‘sha fuqaroning roziligi. Bilasiz, xorijda, jumladan O‘zbekistonda ham shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligiga oid qonunlar bor. Shaxs to‘g‘risidagi har qanday ma’lumot maxfiy hisoblanadi. Shaxsning roziligisiz u haqidagi ma’lumotlarni boshqalarga berish, qonunan taqiqlangan. Bu norma hibslangan fuqarolarga nisbatan ham tadbiq etiladi. Chet elda qonunning ushbu normasi juda yaxshi ishlaydi. Agar fuqaroning o‘zi e’tiroz bildirmasa, ushlangani haqidagi ma’lumotni o‘z davlati elchixonasiga yetkazish mumkin. Bu ma’lumotlar bizga kelib tushgach, uni Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquq-tartibot organlariga yetkazamiz. Chunki monitoring va statistika aynan shu tashkilotlar tomonidan yuritiladi. 

Hozir chet elda qancha fuqaromiz javobgarlikka tortilishi bo‘yicha aniq ma’lumot berolmaymiz. Chunki, odatda bunday hisoblatlar yil yakunlari bo‘yicha taqdim etiladi. 

Chet eldagi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishda nafaqat Vena konvensiyasi, balki mintaqaviy, qolaversa, huquqiy yordam to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar ham mavjud.

Shuningdek, 1993 yilda qabul qilingan Minsk konvensiyasi bor. U juda katta hujjat va juda ko‘p masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Unga ko‘ra, MDH davlatlari Adliya muassasalari bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishi mumkin”, deydi Aliqulov.  

Ayni vaqtda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning chet elda mehnat qilayotgan fuqarolari soni 2 milliondan oshgan. Ularning 1,5 millioni Rossiyada, 200 mingga yaqini Qozog‘istonda, 70 ming nafari Koreyada faoliyati yuritadi. Ular soni ortib borishi esa, albatta, huquqbuzarliklar statistikasining yuqorilashiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi? Xo‘sh, bu ko‘rsatkich oshib boryaptimi? Umuman olganda, o‘zbekistonlik migrantlarning chet eldagi huquqbuzarlik holatlari qaysi vaqtlarda ortadi? Bu savolga TIV rasmiysi quyidagicha javob berdi: 

“Bu tendensiya doimiy oshib boradi, deyishimiz noto‘g‘ri. Ma’lum bir vaqtda ko‘rsatkichlarning yuqorilaganini ko‘rishimiz mumkin. Buni chet mamlakatga ketayotgan fuqarolarimizning o‘sha davlat qonunlari va tartiblarini bilmasligi bilan izohlaymiz. Masalan, O‘zbekistonda ruxsat etilgan ayrim narsalar boshqa mamlakatda jinoyat, huquqbuzarlikning tarkibi bo‘lishi mumkin. Shu sabab fuqarolarimiz o‘zi bilmagan holatda shunday vaziyatga tushib qoladi va bu statistikalarning oshib ketishiga olib keladi. 

Migratsiya masalasi yildan yilga dolzarb bo‘lib borayotgan bugungi kunlarda chet elga ketayotgan fuqarolarimiz ham oldindan o‘qib, qiziqib, tayyor bo‘lib borishi kerak. Prezidentimizning 14 sentyabrda qabul qilingan qarorida tartibli, xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish deyilishida ham chet elga ketayotgan fuqaro hali O‘zbekistonda turiboq tayyor bo‘lishi nazarda tutilgan. 

Shunday narsalarga guvoh bo‘lganmanki, chet elga ishlagani ketgan fuqaromiz samolyot yoki poyezddan tushganidan keyin qayerga borishni, nima ish qilishini bilmaydi. Hatto, tasavvuri ham yo‘q. Uni kimdir chaqirgan bo‘ladi. Mana shular migratsiyani qonuniy tartibga solishni taqazo qilyapti”.

Ushbu videointervyuni to‘liq shaklda QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya mehnat muhojirlari Burxon Aliqulov

Baholaganlar

64

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing