Gruz-200: Xorijda vafot etgan 840 o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
321622018 yilning iyul oyidan bugungacha xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning 840 nafari Vatanga olib kelingan. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori amalga oshirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Axmatov ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bundan 3 yil avval vafot etgan fuqarolarni Vatanga olib kelish qiyin va qimmat bo‘lgan. Tashkiliy masalalar o‘sha davlatda joylashgan elchixonalar tomonidan amalga oshirilgan. Mayitni tayyorlash va tashib kelish uchun alohida mablag‘lar ajratilmagan.
“Davlatimiz rahbarining 2018 yilda qabul qilingan qaroriga asosan mazkur muamolarga yechim topildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida vafot etgan migrantlarni olib kelish uchun alohida jamg‘arma tashkil etildi. Jamg‘arma tomonidan chet elda vafot etgan mehnat muhojirlari O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplab berilmoqda va mayitni olib kelish muddatlari ham ancha qisqardi”, deydi Aziz Axmatov.
Ayni vaqtda esa har bir jasadni olib kelish o‘rtacha 1500-2000 AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qaror qabul qilinganidan so‘ng O‘zbekistonga olib kelingan jasadlarning 812 tasi Rossiyadan, 28 tasi esa boshqa davlatlardan keltirilgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr