Rossiya migratsiya nazorati uchun Qirg‘iziston IIVni jalb qildi
Olam
−
07 noyabr
9398Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Rossiyada qirg‘izistonlik migrantlar orasida jinoyatchilikning oldini olish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda “66.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyada Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular qirg‘izistonlik mehnat migrantlari orasida jinoyatchilikning oldini olish bilan shug‘ullanadi. Mazkur vakolatxonalar yirik shaharlarda – Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Yekaterinburgda faoliyat yuritmoqda.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi narkotik jinoyatlariga qarshi kurashga e’tibor qaratishini, respublika fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga ko‘maklashishini, shuningdek, mehnat migrantlariga Rossiyaning yangi migratsiya qonunchiligiga rioya qilishda yordam berishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 72 mingga yaqin Qirg‘iziston fuqarosi noqonuniy ravishda yashamoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining sobiq xodimi Sergey Kolosovskiyning ta’kidlashicha, bu vakolatxonalar migrantlar oqimiga doir axborot almashinuvini ta’minlaydi. Boshqa davlatga so‘rov yuborish oylab davom etadi va ko‘pincha javobsiz qoladi. Bu yerda vaziyat osonlashadi. Qirg‘iziston IIV xodimlari jinoyatchilar to‘g‘risida tezroq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr