O‘zbekistonlik bloger qatnashgan giyohvand modda reklamasi Toshkentda ham topildi

Jamiyat

image
O‘zbekistonlik bloger giyohvand moddalar reklamasiga aloqadorlikda ayblanmoqda north_east

O‘zbekistonlik bloger giyohvand moddalar reklamasiga aloqadorlikda ayblanmoqda

Toshkent ko‘chalarida giyohvand moddalar sotiladigan saytga olib kiruvchi QR-kodlar tasvirlangan reklama bannerlari aniqlandi. Shunday reklamalardan biri Toshkentdagi Ohangaron shossesida o‘rnatilgan bannerda payqalgan.

QR –kod tekshirilganda haqiqatdan ham “.ru” domenidagi sintetik giyohvand moddalar sotiladigan saytga olib kirishi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha,  vaziyat nazorat ostiga olingan va zarur choralar ko‘rilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi ham tekshiruv o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan. 

Bunday reklama bannerlari nafaqat Toshkentda, balki Markaziy Osiyoning qator yirik shaharlarida ham o‘rnatilgani aniqlangan. Jumladan, ushbu saytni reklama qiluvchi banner va bilbordlar Olma-ota, Chimkent, Qarag‘anda, Ust-Kamenogorsk, Samarqand, Dushanbe, Bishkek va O‘sh shaharlarida ham aniqlangan

Ma’lum bo‘lishicha, giyohvand moddalar reklamasi to‘g‘risidagi xabar joriy yilning 20 oktabrida tarqalgan. Hozirda reklamani buyurtirgan sayt yopilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi bannerlar olib tashlangan.

Qirg‘iziston IIV Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash xizmati ushbu reklama bannerining o‘rnatilishi yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik Instagram foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan bloger Shahzoda Salimjonova o‘zi bilmagan holda giyohvand moddalar reklamasida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

reklama giyohvand moddasi

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing