O‘zbekistonlik bloger giyohvand moddalar reklamasiga aloqadorlikda ayblanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik Instagram foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan bloger Shahzoda Salimjonova Olma-otada giyohvand moddalari reklama qilingan bannerlarga qanday aloqasi borligini ma’lum qildi. Bu haqda “inAlmaty.kz” nashri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Shahzoda Instagram`da 780 mingdan ortiq kuzatuvisi bo‘lgan auditoriyaga ega. Bir oy avval noma’lum kimsalar unga bir loyihada ishtirok etish, shu orqali o‘zi va blogini reklama qilib olish taklifi bilan chiqqan.

“Bizning loyiha piarida ham onlayn, ham oflayn reklama bo‘ladi. Oflayn reklama katta o‘lchamdagi bannerlar, bilbord, promouter, transportdagi reklamalardan iborat bo‘ladi. Sizning sahifangiz va suratingiz 4 mamlakat va 10 ta shaharda joylashtiriladi”, degan bloger bilan aloqaga chiqqan reklama bo‘yicha menejer.

Kelishuvga ko‘ra, Shahzoda o‘z sahifasida yangi “chellenj” haqida post qoldirishi kerak bo‘lgan. Unda ishtirok etish shartlari juda oddiy: bilbord oldida suratga tushib, o‘z Instagram sahifasiga qo‘yishi kerak. Kim shunday qilsa, o‘z-o‘zidan iPhone va boshqa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladigan konkurs ishtirokchisiga aylanardi.

“Bannerlarda narkotik moddalar reklama qilinayotganini bilishim bilanoq postni o‘chirib yubordim. Men bilan reklama bo‘yicha bog‘langan qiz o‘zi ham hech nimadan xabardor emasligini aytdi. U menga ikki kishining telefonei raqamini berdi, ammo ular menga javob qaytarishmadi. Men bu vaziyatda blogerlar aybdor deb, hisoblamayman, axir biz narkotiklar haqida bilmagan edik”, deydi Shahzoda.

Bloger vaziyat haqida unga kuzatuvchilari direct orqali aytganini qo‘shib qo‘ydi. U reklama beruvchilarni sudga berish niyatida.

Ma’lumot uchun, Olma-otada narkotik moddalarni reklama qilgan kompaniya jarimaga tortilgan. Buyurtmachining shaxsi aniqlangan. Huquq-tartibot organi xodimlarining ta’kidlashicha, u Qarag‘anda viloyatidan bo‘lib, u haqdagi barcha ma’lumotlar viloyat politsiya boshqarmasiga berilgan. Keyinroq narkotik moddalar sotuvchi sayt reklamasi Nur-Sultondagi uchta ko‘chaga ham o‘rnatilgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sud Shahzoda Salimjonova

Baholaganlar

513

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing