O‘zbekistonga keltirilgan “Sputnik V” vaksinasi haqida nimalar bilamiz? U qanchalik foydali?

Salomatlik

image

Dunyoni yangi xavf – koronavirus pandemiyasi qamrab olgach, rivojlangan davlatlar o‘rtasida vaksina ishlab chiqish ustida poyga boshlanib ketdi. Buning uchun milliardlab pul ajratildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina ishlab chiqarish jarayonida taxminan 35 ta kompaniya va akademik muassasa ishtirok etmoqda.

Shu bugunga qadar ishlab chiqarilgan vaksinalarning eng samaralirog‘i deya, olimlar  “Moderna” (AQSH),  “Pfizer” (AQSH), “CoronaVac” (Xitoy), “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya) hamda “Sputnik V” preparatlarini qayd etgan. Joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan Rossiyaning “Cputnik V” vaksinasiga esa Markaziy Osiyo mamlakatlari davogarlik qilmoqda. Xo‘sh, bu vaksina qanchalik foydali? O‘zbekistonda ham sinovlari boshlangan “Cputnik V” haqida nimalar ma’lum?

Qayd etish kerakki, joriy yilning noyabr oyida o‘tgan sinovlarning uchinchi bosqich birinchi oraliq tahliliga ko‘ra, mazkur vaksinaning samaradorligi 92 foizni tashkil etdi. Shundan so‘ng, Rossiya Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra, 5 dekabrdan Rossiyada ommaviy emlash ishlari boshlanib ketdi.

Vaksina qanday ishlaydi?

Ma’lum qilinishicha, Gamaleya markazi olimlari SARS-CoV-2 virusining genetik materialini olib, undan infeksiya tarqalish xavfini tug‘diradigan reproduktiv genni olib tashlashgan. Keyin ular uni “vektor” deb nomlangan tashuvchiga qo‘yishgan.

Tanaga vaksina yuborilganida, “vektor” kurer vazifasini bajaradi va uni organizmdagi zarur hujayraga SARS-CoV-2 ni zararsiz yetkazib beradi.

U yerda virus immunitet ishlab chiqaradi, ya’ni tanada keyinchalik infeksiyadan himoya qiluvchi antitanachalar paydo bo‘ladi.

“Sputnik V” tarkibiga nimalar kiradi? 

“Sputnik V” vaksinasi tarkibiga SARS-CoV-2 genetik materialidan tashqari, saxaroza, etanol 95 foiz, ikki xil tuz, magniy xlorid geksagidrat saxaroza, etanol 95%, ikki xil tuz, magniy xlorid geksahidrat, polisorbat, suv va “Tris” deb nomlangan kimyoviy birikma kabi yordamchi moddalar kiradi. Ularning barchasi organizm preparatni so‘rib olishiga yordam beradi. Ammo shifokorlarning ogohlantirishicha, ulardan biriga yuqori sezuvchanlik istalmagan yon ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Vaksinaga kimlarga aksil ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Surunkali jigar va buyrak kasalliklari, gemopoetik tizimning og‘ir kasalliklari, epilepsiya, shuningdek, qon tomirlari va markaziy asab tizimining boshqa kasalliklari bilan kasallanganlar ehtiyotkorlik bilan emlanishlari kerak. Qolaversa, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligi, otoimmun kasalliklar, o‘pka kasalliklari, astma uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur bo‘ladi.

Qandli diabet va metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar ham ehtiyot bo‘lishlari lozim. Vaksinaga qarshi ko‘rsatmalar orasida homiladorlik va emizish davri ham kiradi. Bu tavsiyalar Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nashr etilgan "Sputnik V" ko‘rsatmasidan kelib chiqqan holda ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, bolalarni emlash taqiqlanadi, chunki ushbu guruh vakillari bilan emlash sinovlari hali olib borilmagan.

Vaksinaning salbiy ta’siri qanday?

In’eksiya joyida og‘riq va shish, titroq, isitma, bosh og‘rig‘i, charchoq, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i – bularning barchasi ba’zi odamlarda emlashdan keyin paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘ngil aynish, ishtahani yo‘qotish, shishgan limfa tugunlari ham paydo bo‘lishi mumkin – barchasi preparat tarkibiy qismlarining individual ta’siriga bog‘liq.

Gamaleya markazi direktorining o‘rinbosari Denis Logunov ta’kidlaganidek, vaksinani o‘zlarida sinab ko‘rgan ko‘ngillilar, tanadagi qaytarilmas jarayonlarni keltirib chiqaradigan jiddiy yon ta’sirlarni hali aniqlashmagan. Ya’ni, yuqoridagi holatlar o‘tib ketadi.

Emlashga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?

Spirtli ichimliklarni emlash kunida umuman ichmaslik kerak, chunki u hech qanday dori bilan mos kelmaydi, deya ogohlantiradi RF Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh narkologi Yevgeniy Brun. Shuningdek, sport zaliga bormaslik, chekmaslik, yog‘li va qovurilgan ovqatlar iste’mol qilmaslik kabi bajarish majburiy bo‘lgan shartlar ham bor.

Eng maqbuli emlash kunini jismoniy zo‘riqishlarsiz, xotirjam o‘tkazgan ma’qul, deb maslahat bergan mutaxassislar.

Emlash jarayoni qanday kechadi?

Preparat yelkaga qilinadi, agar buning iloji bo‘lmasa, songa uriladi. Emlash uch hafta tanaffus bilan ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Antitanachalar qancha muddatda paydo bo‘ladi?

COVID-19 ga qarshi emlangan odamlarda antitanachalar ikki-uch hafta ichida rivojlanadi. Biroq ba’zi populyatsiyalar bu bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin. Masalan, 80 yoshdan oshgan odamlar ularni umuman rivojlantira olmaydi, chunki ulardagi immun tizimi allaqachon ishdan chiqqan bo‘ladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qiluvchilarning tanasi preparatga ta’sir o‘tkazmasligi mumkin, chunki u rivojlanayotgan hujayralar uchun zaharli hisoblanadi, deya ogohlantirdi Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg.

“Bundan tashqari, og‘ir stress yoki doimiy stress ham antitanachalarni ishlab chiqarishga yordam bermaydi. Bundan tashqari, statinlarni qabul qiladiganlar (hujayralarni ko‘payishiga ta’sir qiladigan yallig‘lanishga qarshi dorilar) ham bu borada ojizdirlar. Odatda bunday preparatlarni saraton kasaliga yo‘liqqanlar qabul qiladi”, dedi shifokor.

Shakllangan immunitet qancha vaqt davom etadi?

“Sputnik V” bilan emlanganidan keyin koronavirusga qarshi immunitet ikki yoki undan ko‘p yilgacha davom etishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Vladimir Chulanov ma’lum qilgan.

“Nazariy jihatdan virus juda o‘zgaruvchan emas va biz uning antigen tuzilishi saqlanib qoladi, deb umid qilamiz. Bunday holatda, emlash haqiqatan ham uzoq muddatli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina xarid qilish va undan foydalanish masalalari butun jahonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham klinik tadqiqotlarning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina "Sputnik V"

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing