O‘zbekistonga keltirilayotgan Comirnaty vaksinasi haqida nimalar ma’lum?

Tahlil

image

Avvalroq, O‘zbekistonga AQSHning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi va Germaniyaning BioNTech bioinjenerlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini keltirilishi haqida xabar bergan edik. 

Comirnaty vaksinasi bilan O‘zbekiston aholisining kamida 20 foizini emlash mo‘ljallanganini hisobga olsak, ushbu vaksina haqida ba’zi ma’lumotlarni bilib olganimiz ma’qul. Ho‘sh, ushbu vaksinaning nojo‘ya ta’siri, sinov jarayonlari va o‘lim xavfi to‘g‘risida nimalar ma’lum?

Nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida

Pfizer kompaniyasi tomonidan AQSHning Ozik-ovqat va dori-darmonlarning sifatini nazorat qilish bo‘yicha administratsiyasiga (FDA) taqdim qilingan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, ushbu vaksinaning insonga nojo‘ya ta’sir qilish holatlari bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshdan 55 yoshgacha Comirnaty vaksinasini olgan sinov ishtirokchilarida (jinsidan qati nazar) nojo‘ya ta’sir qilish holatlari kuzatilgan: 16 foiz emlanganlar tana harorati ko‘tarilishi, 59 foizi holsizlanish, 52 foizi bosh va 37 foizi mushaklar og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Shuningdek, 55 dan yuqori yosh vakillariga nojo‘ya ta’sir qilish holatlari boshqalarga nisbatan kamroq uchrashi qayd etilgan. 

Comirnaty vaksinasining sinov jarayonlari

Umumiy hisobda Comirnaty vaksinasi uch bosqichli sinov jarayonlaridan o‘tdi. Bu jarayonlarda 6 kishi vafot etdi. Qizig‘i shundaki, vafot etganlarning uch nafari 55 dan yuqori yosh vakillari bo‘lgan. Vaksinani sinovdan o‘tkazish jarayonlarida 40 mingdan ortiq odam qatnashgan va ushbu vaksina 95 foiz natija ko‘rsatgan.

Pfizer vaksinasi o‘lim xavfiga egami?

Uch bosqichli sinovdan so‘ng, ushbu vaksina Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari, AQSH, Isroil, Saudiya Arabistoni va yana bir necha mamlakatlar tomonidan ma’kullandi. O‘tgan yilning 26 dekabrida Yevropa Komissiyasining Raisi Ursula fon der Lyayen ushbu vaksina Yevropa Ittifoqining barcha davlatlariga yetkazilgani va emlash jarayoni boshlangani haqida aytgan edi. 

Shundan beri Yevropada ushbu vaksinadan foydalanib kelinmoqda. Afsuski, sinov jarayonlaridagi kabi vaksinani qo‘llashda ham nafaqat nojo‘ya ta’sir qilish, balki o‘lim holatlari ham uchrab turibdi. 

Masalan, o‘tgan yilning dekabr oyida isroillik 75 va 88 yoshli qariyalar ushbu vaksina bilan emlanganidan bir necha soat o‘tib vafot etgan. Undan tashqari, joriy yilning 5 yanvar kuni Norvegiyada ham ikki kishi emlanganidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, ularning ham yoshi katta bo‘lgan. Keyinga holat esa, AQSHda qayd etilgan. Joriy yilning 8 yanvar kuni Florida shtatida shifokor ushbu vaksina bilan emlanganidan so‘ng, 16 kun o‘tib vafot etgan. Vafot etgan akusher-shifokor mutlaqo sog‘lom va hech qanday surunkali kasalliklarga chalinmagani ta’kidlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan ushbu vaksina va qayd etilgan o‘lim holatlarining o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor yoki yo‘qligini aytish hozircha qiyin.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Pfizer Comirnaty Nojo'ya ta'sir

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing