O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 2023
32817Bugun, 5 avgust kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 5 avgust kuni soat 21:01 (Grinvich bo‘yicha soat 16:01) da Afg‘onistonda zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 539 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning koordinatalari 36,57 gradus, shimoliy kenglik 70,78 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Shuningdek, zilzila magnitudasi 5,8 ballga, chuqurligi 100 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 539 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 320 kilometr;
- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 432 kilometr;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 kilometr;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 kilometr;
- Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 kilometr;
- Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 kilometr;
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 kilometr;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 kilometr;
- Toshkent shahrida 3 ball, 539 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni Argentinada 6,1 magnitudali zilzila yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi