O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
05 Avgust 2023 34390 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 5 avgust kuni soat 21:01 (Grinvich bo‘yicha soat 16:01) da Afg‘onistonda zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 539 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning koordinatalari 36,57 gradus, shimoliy kenglik 70,78 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Shuningdek, zilzila magnitudasi 5,8 ballga, chuqurligi 100 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 539 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 320 kilometr;
- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 432 kilometr;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 kilometr;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 kilometr;
- Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 kilometr;
- Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 kilometr;
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 kilometr;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 kilometr;
- Toshkent shahrida 3 ball, 539 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni Argentinada 6,1 magnitudali zilzila yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr