O‘zbekistonda Yangi yilni ko‘chaga chiqmay, uyda nishonlash tavsiya qilinmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Yangi yil bayramini oila davrasida, uyda nishonlash tavsiya etilmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda alohida bayonot bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va mamlakat hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilangan. 

Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta’minlash hamda mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval SSV O‘zbekiston joriy yilning 3 dekabridan 2022 yilning 10 yanvarigacha 10 ta mamlakat bilan aviaqatnovlar to‘xtatilishi, shuningdek, 11 ta mamlakatdan kelgan fuqarolar majburiy karantinga olinishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing