O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
28321Bugun, 18 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 7 aprel kuni toshkentlik, 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda COVID-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan.
Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1469 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 194 nafari davolangan, 4 nafari vafot этганди.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi