O‘zbekistonda yana 37 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 12 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 nafarga ortib 833 nafarni tashkil qilmoqda.

Malumot uchun, kecha, 12 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 796 nafarni tashkil etayotgan edi. 11 aprel kuni mamlakatda ushbu xastalikka chalingan bemorlar 98 nafarga ortdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

481

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing