O‘zbekistonda yana 4 nafar bemor koronavirusdan butunlay shifo topdi
Jamiyat
−
10 aprel 2020
9021Bugun, 10 aprel kuni Namangan viloyatidagi to‘rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Shifo topganlarning umumiy soni 42 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov va boshqa mas’ullar tomonidan viloyat reabilitatsiya markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘ladi.
“Bugun mening hayotimda unutilmas sana. O‘zimni xuddi qayta dunyoga kelgandek his etyapman. Bizni o‘ylab shunchalik sharoit yaratib bergan Prezidentimizga behisob rahmat. Shifokorlarimizdan bir umr minnatdormiz. Ular o‘zlarining jasoratli xizmatlari, yuksak malakalari, insoniy munosabatlari bilan bizni oyoqqa turg‘azishga sabab bo‘lishdi”, deydi bemorlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi