O‘zbekistonda turmush qurgan har 6 juftlikning biri ajrashgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
14 fevral
68842023 yilda tuzilgan nikohlarning har 6 tadan biri ajrashish bilan yakunlangan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida bir yil mobaynida umumiy hisobda 283 ming 800 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 49 ming 200 ta juftlikning rasmiy nikohi bekor qilingan. Bu esa mamlakatda keyingi yillarda ajralishlar soni sezilarli ko‘payganini anglatadi. Taqqoslash uchun: 2021 yilda 39,3 ming oila ajrashgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 48,7 mingni tashkil etgan.
Bundan tashqari, 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumiy aholi soni 36 million 8 ming kishiga yetgan. Shundan 18 million 300 ming nafari ayollar, 18 million 500 ming nafari esa erkaklardir.
Bular orasida shaharda yashovchi aholi soni 18 million 800 mingni, qishloqda yashovchilar esa 18 million kishini tashkil etadi.
Shuningdek, umumiy migratsiya ko‘rsatkichlari qayidagicha:
• Ko‘chib kelgan – 218,8 ming kishi;
• Ko‘chib ketgan – 233,2 ming kishi.
Shundan tashqi migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ko‘chib ketganlar soni ko‘chib kelganlarga qaraganda 6 barobarga ko‘p:
• Ko‘chib kelgan – 2,9 ming kishi;
• Ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko‘paygani aytilgandi.
LiveBarchasi