O‘zbekiston aholisi har kuni qanchaga ko‘payayotgani aytildi
Bu qiziq
−
09 yanvar
11802O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming 100 kishiga oshmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 36 million 799 ming 756 kishini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘p.
Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 mingga, so‘nggi to‘rt oyda esa qariyb 200 ming kishiga ko‘paygan. Bu har oyda o‘rtacha 64,6 ming, har kuni esa 2,1 ming odam ko‘payayotganini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 million 599 ming 764 kishini tashkil etgandi.
LiveBarchasi