O‘zbekistonda Rossiya vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, suhbatda O‘zbekistonda Rossiya vaksinachini ishlab chiqarish to‘g‘risida ham gap borgan.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya  imkoniyatlari faol o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabr oyi boshida Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaga “Sputnik V” rusumidagi 100 doza vaksinani Toshkentga shaxsan yetkazib berdi va O‘zbekistonga topshirgandi.

Keyinchalik Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar “Sputnik V” bilan emlanishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Bloomberg” nashri O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergani haqida xabar tarqatdi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab, murojaat qilgani va koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib, keksalar, shifokorlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar olishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina “Sputnik V”

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing