O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

Jamiyat

image

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

  1. 2024 yil 1 dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar;
  2. 2025 yil 1 apreldan bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.

Bunda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi. Shuningdek:

  • nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
  • kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy ob’ektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar;
  • 2025 yil 1 iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish;
  • 2025 yil 1 oktyabrdan hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq fuqarolarga byudjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa to‘lovlar taqdim etish. Jumladan, pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshlarida O‘zbekistonda fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshdan hisobga olish tartibi joriy etilgandi. Prezident farmoni bilan 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorida belgilangani sababli pensiyalar oshirilgandi. Shuningdek, pensiya tizimida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS nogironlik pensiyalar ijtimoiy karta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing