Navoiyda 34,8 mlrd so‘mlik “keshbek” talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
15:00 1889 1 daqiqa
Navoiy viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 34,8 milliard so‘m mablag‘ni keshbek sifatida noqonuniy ravishda o‘zlashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 13 ta MCHJ mansabdor shaxslari va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, ular 4,5 trillion so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirib, nazorat-kassa mashinalari orqali savdo amalga oshirilganini ko‘rsatgan hamda fuqarolarga soxta xarid cheklari taqdim etgan. O‘rganishlar davomida ushbu MCHJlar tomonidan hech qanday real tovar va moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmagani aniqlangan. Shunga qaramay, 105 524 nafar fuqaroga “Soliq Mobile” ilovasi orqali jami 34,8 mlrd so‘m keshbek hisoblangan. Ushbu mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (soxta hujjatlar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 125 mlrd so‘mlik sun’iy QQS orqali noqonuniy keshbek olish sxemasi aniqlangandi.
Mumtozbegim Abdumo‘minova
Live
Barchasi