O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yana 10 dan ziyodi sog‘ayish arafasida (video)
Jamiyat
−
01 aprel 2020
7874O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning bir qismi Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-teshirish instituti klinikasida joylashtirilgan. Tabiiyki, shifoxonadagi bemorlarning holati, ularga ko‘rsatilayotgan muolajalar va shifokorlarning ish faoliyati kabi masalalar ko‘pchilikni qiziqtiradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova bilan uyushtirilgan vidoyemuloqotda yuqoridagi savollarga javob olindi.
“Biz hozir yashil hududga kirdik. Bemorlarni ertalab hammamiz birgalikda ko‘rib chiqamiz. Butun diqqat e’tiborimizni ularga qaratganmiz. Xudoga shukur, ijobiy natija olyapmiz. Ertayu kech ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Ularning tuzalganini ko‘rib, biz juda ham xursand bo‘lamiz. O‘tgan kun sakkiz nafar bemorga javob berilgan bo‘lsa, bugun to‘rt nafariga ruxsat berildi. Bir-ikki kundan keyin yana 10-11 nafar bemorni kuzatishni rejalashtiryapmiz. Chunki ularda klinik belgilar yo‘q desa ham bo‘ladi.
Ular uch marotaba virusologik tekshiruvdan o‘tadi. Agar natijalar yaxshi bo‘lsa, uylariga javob beriladi. 33 yil davomida shifokor bo‘lib ishlayotgan bo‘lsam, birinchi marta mana shunday pandimeyaga duch keldim. Aytishim mumkinki, butun bir jamoa o‘z kasbiga astoydil, vijdonan, mehr bilan yondashib kurashyapti.
“Bizga e’tibor berib, xodimlarni rag‘batlantirib, butun dori-darmonlarni, kiyim-kechaklarni yetkazib berishgani uchun Prezidentimizga va hukumatimizga rahmat aytib qolamiz”, dedi Muhayyo Asilova.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 173 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi