Koronavirus: qaysi viloyatda qancha bemor bor?
Jamiyat
−
26 aprel 2020
26066Bugun, 26 aprel holatiga O‘zbekistonning qaysi hududida qancha bemor davolanayotgani haqida ma’lumot berildi. Bu borada Toshkent yetakchilik qilyapti. Hozirda ahvol quyidagicha:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 585 nafar bemor aniqlangan. Ularning 707 nafari davolangan. Bu jami bemorlarning 38 foiziga teng. Toshkent shahrida 4 nafar bemor vafot etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 104 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 29 nafari yoki 28 foizi davolangan.
Andijon viloyatida aniqlangan 151 nafar bemorning 56 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Bu davolanish ko‘rsatkichi 37 foizga tengligini ko‘rsatyapti.
Buxoro viloyatida natijalar ancha ijobiy. Viloyatda 394 kishida infeksiya aniqlangan. Hozirgacha ularning 53 foizi yoki 210 nafari sog‘aygan. Foiz hisobida olganda viloyat bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinda boryapti.
Jizzax viloyatida bor-yo‘g‘i 3 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 1 nafari sog‘aygan. Sog‘ayish darajasi 33 foizga teng.
Qashqadaryo viloyatida ham 6 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 67 foizi yoki 4 nafari sog‘aygan. Bu foiz hisobida olganda respublikadagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Navoiy viloyatida atigi 2 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning biri virusdan forig‘ bo‘lib ulgurgan.
Namangan viloyatida 183 kishida koronavirus aniqlangan. Bugungacha ularning 57 nafari yoki 31 foizi sog‘aygan. Viloyatda koronavirus aniqlangan 3 kishi vafot etgan.
Samarqand viloyatida 43 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 4 nafari yoki 9 foizi kasallikni yengib o‘tgan. Bu foiz hisobida olganda respublikadagi eng past ko‘rsatkich.
Sirdaryo viloyatida 17 kishida koronavirus aniqlangan. Afsuski, hozircha ularning birortasi ham sog‘aymagan.
Surxondaryo viloyatida 33 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 12 foizi yoki 4 nafari sog‘aygan.
Farg‘ona viloyatida 124 kishida koronaviurs aniqlangan. Ularning 52 nafari yoki 42 foizi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Viloyatda bir bemor koronavirusdan vafot etgan.
Xorazm viloyatida 220 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 61 nafari sog‘aygan. Viloyatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 28 foizga teng.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1865 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 707 nafari sog‘aygan va 8 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi