O‘zbekistonda koronavirusga chalingan necha nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir?

Jamiyat

image

Koronavirusdan kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQSH eng yuqori o‘rinda turibdi. Ushbu davlatda bemorlar soni 740 mingdan ortib ketdi. Rossiya Federatsiyasida kasallanganlarning soni 36 mingdan ortiqni tashkil etayotgan bo‘lsa, Qozog‘istonda esa 1615 nafarni, Qirg‘izistonda 506 nafarni tashkil etmoqda. 

Ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1495 nafarni tashkil etmoqda. Bugungacha kasallanganlarning 194 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan. 

O‘zbekiston Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati tomonidan olingan xabarga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 87 bemorning 27 nafarida klinik pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda. Bemorlarning 4 nafarining ahvoli og‘ir, bir nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deya qayd etilgan.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, u yerda davolanayotgan 93 nafar bemorning 2 nafarining ahvoli og‘ir.

Bundan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 165 nafarning 53 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing