O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha rekord yangilandi. Poytaxtda vaziyat og‘irlashyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
“Karantin yulduzi” Otabekov O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgan kunni qanday eslaydi? north_east

“Karantin yulduzi” Otabekov O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgan kunni qanday eslaydi?

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni bo‘yicha 2021 yildagi kunlik rekord yangilandi. Kecha, 16 mart kuni mamlakatda 115 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

16 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 nafarga ortib, 80 858 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    1 nafari Andijon viloyatida;

•    2 nafari  Buxoro viloyatida;

•    2 nafari Samarqand viloyatida;

•    18 nafari Toshkent viloyatida;

•    92 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Xorazm viloyatida 2 nafar,

•    Toshkent viloyatida 10 nafar,

•    Toshkent shahrida 67 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79450 (+79) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 786 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilda kunlik holatlar bo‘yicha so‘nggi rekord 14 mart kuni qayd etilib, bemorlar soni 111 nafarni tashkil etgandi. Ularning 93 nafari Toshkent shahridan bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing