O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2021 yilgi rekord yangilandi
Jamiyat
−
15 mart 2021
25048O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashishda davom etyapti. Kundan kunga sutka davomida kasallanganlar soni ortib boryapti.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 14 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 nafarga oshib, 80678 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 4 nafari Andijon viloyatida,
• 1 nafari Buxoro viloyatida,
• 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 12 nafari Toshkent viloyatida,
• 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Andijon viloyatida 7 nafar,
• Toshkent viloyatida 15 nafar
• Toshkent shahrida 67 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 79331 (+89) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 725 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi