O‘zbekistonda chigirtkalar qancha maydonga tarqalgani aniqlandi

Jamiyat

image
Afrikada so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan hodisa ro‘y berdi north_east

Afrikada so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan hodisa ro‘y berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarga qarshi choralar kuchaytirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda zararli chigirtkalarni Respublika hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi amallar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston Respublikalari shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududiga chigirtkalar yopirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi chigirtkalar

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing