Rossiyadagi pirotexnika zavodi portlab ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

−

image

Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi pirotexnika ishlab chiqaruvchi korxonada yuz bergan yong‘in va portlashlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 28 sentyabr kuni kechqurun Kubrinsk qishlog‘idagi pirotexnika ishlab chiqarish korxonasida yuz bergan. Oqibatda jami 15 kishi jabrlangan bo‘lib, ulardan 14 nafari vafot etgan, bir ayol shifoxonaga yotqizilgan.

Bildirilishicha, yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hozirda FVV xodimlari vayronalar ostida qidiruv ishlarini olib bormoqda. Portlashlar oqibatida korxonaning ikkita binosi vayron bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga elektr choynagi ulangan uzaytirgichdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng yong‘in pirotexnika mahsulotlariga o‘tib, portlashlar yuz bergan.

Portlash kuchi yaqin atrofdagi turar joylardagi deraza va eshiklarning sinishiga ham sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodi va Rostov-Dondagi harbiy aerodromga zarba bergani haqida xabar berilgan edi. h


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing