Afrikada so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan hodisa ro‘y berdi

Olam

image

Efiopiyada chigirtkalar 200 ming gektar hosilni vayron qildi. Shu sabab millionga yaqin odam ochlik xavfi ostida qoldi. Bu haqda BMT bayonotida ma’lum qilindi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, odamlarga moliyaviy yordamdan tashqari urug‘lar va o‘g‘itlar kerak. Bundan tashqari, ichimlik suvi masalasida ham muammolar paydo bo‘lgan. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi zarur chora-tadbirlar ishlab chiqqan, ammo uni keng ko‘lamda qo‘llash uchun mablag‘ va ishchi kuchi yetishmaydi.

Milliardlab hasharotlar allaqachon Sharqiy Afrikaning keng hududlarini, shu jumladan, Efiopiya, Somali, Keniya, Jibuti, Eritreya, Tanzaniya, Sudan, Janubiy Sudan va Ugandani qamrab olgan. Mutaxassislar g‘ayrioddiy miqdordagi chigirtkalarni so‘nggi 40 yil ichida misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilik mavsumi bilan bog‘lashmoqda.

Ta’kidlanishicha, hasharotlar bug‘doy va makkajo‘xori ekinlarini yo‘q qildi. Vaziyat koronavirus keltirib chiqargan inqiroz tufayli yanada kuchaymoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika

Baholaganlar

516

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing