Buxorodagi uylardan biriga o‘t ketdi. 3 kishi qutqarildi
Jamiyat
−
15 iyul 2118 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Kogon shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro qutqarilib, yana 7 kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 iyul kuni soat 03:38 da “112” yagona dispetcherlik xizmatiga Kogon shahri “Temiryo‘lchilar” MFY, Turon ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni soat 03:46 da o‘rab olgan va 04:40 da uni to‘liq bartaraf etgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in sodir bo‘lgan xonadondan 3 nafar fuqaro olib chiqilgan. Shuningdek, yong‘inning qo‘shni uylarga tarqalish xavfi sabab 7 nafar fuqaro xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning qariyb 50 kvadrat metr maydonidagi pol qismi, devorlar hamda ayrim jihozlar zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida qariyb 650 kvadrat metr hudud va qo‘shni uy-joylar yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida ham yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust