O‘zbekistonda bozor va savdo komplekslari majburiy sug‘urtalanadi
Jamiyat
−
07 avgust 2023 6485 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar majburiy sug‘urtalanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, endilikda bozor va savdo komplekslariga tegishli bino hamda inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida ularni majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ulgurji savdo kompleksida katta yong‘in chiqqan edi. Yong‘in 4 soat deganda o‘chirilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Undan avval esa Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. Shuningdek, 5 avgust kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida ham bozor yonib ketdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust